O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Qibray tuman bo‘limi hamda tumandagi Belarus-O‘zbekiston texnika instituti bilan hamkorlikda Yoshlar kuniga bag‘ishlangan "Yangi O‘zbekistonning baxtli yoshlari" nomli tadbir tashkil etildi.
Milliy Gvardiya "Qalqon" orkestri tomonidan ijro etilgan Davlat Madhiyasi bilan boshlangan ushbu tadbirda mahallalardagi yoshlar vakillari, institut talabalari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirda talabalar hamda O‘zbekiston fahriy-internatsionalistlar askarlari uyushmasining "Veteran" ansambli tomonidan vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiqlar ijro etildi.
Qibray tuman hokimligi axborot xizmati